closeIcon
Image 1

Mahmudxoʻja Behbudiy (Kirill alifbosida: Маҳмудхўжа Беҳбудий; Arab alifbosida: محمود خواجه بهبودی; Toʻliq oti - Mahmudxoʻja Behbudiy ibn Behbudxoʻja) (20-Yanvar 1875 Samarqand — 25-Mart 1919 Qarshi) dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakati yetakchilaridan biri.Behbudiy 1911-yilda „Padarkush“ dramasini yozdi. Bu birinchi oʻzbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda boʻlib, oʻqimagan, johil va nodon bolaning oʻz otasini oʻldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia“ deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yoʻl qoʻymaydi.

Choʻlpon (asl ism-sharifi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Yunusov; 1897-yil, Andijon — 1938.4.10, Toshkent) — shoir, yozuvchi, dramaturg , tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi. Dastlab, madrasada (1908-1912), soʻngra rus-tuzem maktabida (1912-1914) oʻqigan. Sharq mumtoz shoirlari asarlarini mutolaa qilish va jadid matbuotini kuzatish yoʻli bilan adabiy, ijtimoiy-siyosiy bilimini oshirgan.

Image 2
Image 1

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) (1894.4.10-Toshkent-1938.10.4) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasida tugʻilgan. Otasi Qodirbobo (1820—1924) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida (1865) Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan.

Xayriniso Majidxonova(1905 - 1938) Bolaligi. Xayriniso Majidxonova 1905 yil 25 dekabrda Toshkentda tug‘ilgan. Jadidchilik harakatining davomchisi. Ma’lumoti. Xayriniso va opasi Oyposhsho Munavvarqori Abdurashidxonov, Saodat Yenikeeva kabi o‘z davrining ilg‘or ziyolilaridan saboq olgan. 1922 yil kuzida Turkistondan “Ko‘mak” jamiyati homiyligida Germaniyaga o‘qishga yuborilgan. U 1924 – 1926 yillarda Darmshtadt shahrida O‘qituvchilar seminariysida, tibbiyot kurslarida o‘qigan, nemis tili va adabiyotini o‘rgangan. Faoliyati. Xayriniso Majidxonovaning nomi Cho‘lpon, Botuning maqola va she’larida faxr bilan tilga olingan. Germaniyada 6 yil ta’lim olgan Xayriniso 1928 yili O‘zbekistonga qaytib, 1937 yil 13 sentyabrga qadar shifokor bo‘lib ishlagan. O‘limi. Unga 1922 – 1928 yillarda Germaniyadagi “Turkiston” aksilinqilobiy millatchilik tashkilotining a’zosi bo‘lganlikda, 1928 yili uning topshirig‘i bilan SSSRga josus bo‘lib kelganlikda va shu tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘lganlikda ayblangan. 1938 yil 9 oktyabrda otib tashlangan.